Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 66B 10:00 - 23:00 +998 93 5550081 Toshkentdagi Shveysariya bog‘i

«Mehrdan zavqlaning – 5» xayriya tadbiri

«Mehrdan zavqlaning – 5» xayriya tadbiri

Joriy yilning 3–6 hamda 10–13-avgust kunlari «Mehr-2020» xayriya jamg’armasi va «Alpine Land» istirohat bog’ining hamkorligida «Mehrdan zavqlaning – 5» nomli xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi boquvchisini yo’qotgan va nazoratga muhtoj bolalarni qo’llab-quvvatlash, ularga mehr va e’tibor ulashish hamda quvonchli lahzalar sovg’a qilishdan iborat bo’ldi. Bolajonlar bog’dagi attraksionlardan bahramand bo’lib, unutilmas taassurotlarga boyidilar.
Tadbirga tashrif buyurgan taniqli mehmonlar – Abror Muxtor Aliy va Akmal Mirzo bolajonlar hamda ularning onalari bilan samimiy suhbat qurib, ezgulik yo’lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida so’z yuritdilar va ishtirokchilarga o’z tilaklarini bildirdilar.
Tadbir so’ngida ishtirokchilar bunday ezgu tashabbusni amalga oshirgani uchun tashkilotchilarga chuqur minnatdorchilik izhor etishdi.

Chipta sotib olish

Заказать праздник

Оставьте заявку и мы свяжемся с вами.